02/08/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-  yilning yanvar-iyun oylarida viloyatda umumiy hajmi 6,2 ming tonna baliq ovlangan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 11,0 % ga oshgan. Hududlar kesimida  ovlangan baliq hajmi bo‘yicha Yangiariq (1,9 ming tonna)  va  Xiva (1,1 ming tonna) tumanlari etakchilik qilgan.

 Ovlangan baliq hajmi xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, ovlangan baliq umumiy hajmining 53,7 % fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelgani kuzatilgan.

  Ma’lumot uchun: 2021-  yilning yanvar-iyun oylarida respublikamizda 37,2 ming tonna baliq ovlangan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda o‘sish sur’ati 109,9 % ga teng bo‘lgan. 2021-  yilning 6 oyida  Xorazm viloyatida respublika bo‘yicha jami hajmning 17,0 % ga teng bo‘lgan baliq ovlangan va eng yuqori ko‘rsatkich qayd etilgan.

 

                                                   Axborot xizmati