02/08/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning   yanvar-iyun oylarida viloyatda  kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (xizmat) larning eksport hajmi 52,3 mln. AQSh dollarini tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich viloyatning jami eksport hajmining 49,7 % ga teng bo‘lgan.

  Yangibozor, Xiva hamda Tuproqqal’a tumanlari umumiy mahsulot eksportining 100 % kichik tadbirkorlik  subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.  Past ko‘rsatkich Shovot (13,1 %), Urganch (17,8 %) hamda Yangiariq (26,8 %) tumanlarida qayd etilgan.

  Ma’lumot uchun : hisobot davrida Xorazm viloyati xorijga    umumiy qiymati 105,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan mahsulot (xizmat) lar eksportini amalga oshirgan.

 

                                                 Axborot xizmati