Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- iyul holatiga viloyatda yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida 1 480 ta korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatgan. Shundan:
- Yashash bo‘yicha xizmat ko‘rsatiuvchi korxonalar soni 226 tani,
- Oziq-ovqat va ichimliklar etkazib berish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar soni 1 254 tani tashkil qilgan.
Tashkiliy huquqiy shakliga ko‘ra sohada oilaviy korxonalar ulushi yuqori bo‘lib 53,1 % ni (786 ta) tashkil etgan.
Xorijiy kapital ishtirokidagi soha korxonalari soni 2019- yilning shu davriga nisbatan 3 martaga (3 ta bo‘lgan), 2020- yilning mos davriga nisbatan 12,5 % ga oshib (8 ta ), hisobot davrida 9 taga etgan.
Axborot xizmati