Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oyida viloyatda umumiy hajmi 5 444,7 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Joriy yilning iyun oyida sanoat ishlab chiqarishning asosiy ko‘rsatkichlari:
- Sanoat ishlab chiqarishning umumiy hajmi – 1 041,9 mlrd.so‘m,
- Ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari hajmi – 195,6 mlrd.so‘m,
- Nooziq-ovqat mahsulotlari hajmi – 529 mlrd.so‘m,
- Iyun oyida viloyat avtomobil sanoatida 5 973 dona engil avtomobil, 1 214 dona maxsus engil avtomobil ishlab chiqarilgan,
- Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 300,0 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan,
- Xorijiy investitsiya ishtirokidagi sanoat korxonalarining mahsulot ishlab chiqarish hajmi 109,5 mlrd.so‘mni tashkil qilgan,
- Iyun oyida 92 ta yangi sanoat korxonasi tashkil etilgan.
Axborot xizmati