Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatda 3 360,1 mlrd.so‘mlik xalq iste’mol tovarlari ishlar chiqarilib, 2020- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 111,1 % ni tashkil qilgan.
Ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlarining tarkibi:
- Nooziq-ovqat mahsulotlari – 2 490,9 mlrd.so‘m,
- Oziq-ovqat mahsulotlari – 864,9 mlrd.so‘m,
- Alkogol ichimliklari – 4,3 mlrd.so‘m.
Ma’lumot uchun: xalq iste’mol tovarlari hajmida yuqori ulushga ega bo‘lgan nooziq-ovqat mahsulotlari (74,1 %) ishlab chiqarishda engil sanoat mahsulotlari va kiyim ishlab chiqarish 185,6 mlrd.so‘mni, avtomobil ishlab chiqarish 1 969,8 mlrd.so‘mni tashkil qilgan va 335,5mlrd.so‘mlik boshqa mahsulotlar ishlab chiqarilgan.
Axborot xizmati