Bugun, 29- iyun kuni xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining o‘ttiz ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyani viloyat hokimi, xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi raisi Farxod Ermanov boshqarib bordi.
Sessiya kun tartibiga viloyatdagi 4 ta sektor rahbarlarining viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb masalalari, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yоshlar daftari” asosida joriy yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlari, “Obod mahalla”, “Yоshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” davlat dasturlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ijrosi va boshqa bir qator muhim masalalar kiritildi.
Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati