29/07/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi dastlabki  ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-  yilning  o‘tgan 6 oyida hudud iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YaQQ) hajmi umumiy YaHM ning 96,4 % ini, mahsulotlarga sof soliqlar esa 3,6 % ini tashkil etdi.

Iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YaHM ning tarmoqlar bo‘yicha tarkibidagi ulushi 40,3 % ni, sanoat tarmog‘i 12,9 % ni, qurilish 6,8 % ni va xizmatlar sohasi 40,0 % ni tashkil qildi.

Hisobot davrida kichik tadbirkorlikning YaHM dagi ulushi 72,2 % ni tashkil qildi (2020- yilning yanvar-iyunida – 72,3 %).

                                                                             

Axborot xizmati