29/07/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi dastlabki  ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-  yilning yanvar-iyun oylarida Xorazm viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (YaHM) hajmi joriy narxlarda 11 038,6 mlrd. so‘mni tashkil qilgan va o‘tgan yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 4,9 % ga o‘sgan.

  Aholi jon boshiga hisoblangan YaHM 5 813,5 ming so‘mni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,4 % ga yuqoridir.

  O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YaIM ning shakllanishida viloyatning hissasi 3,5 % ni tashkil qilgan.

 

                                                                     Axborot xizmati