Xorazm viloyati statistika boshqarmasi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatda ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmi 7 072,7 mlrd.so‘mni yoki 2020- yilning shu davriga nisbatan 100,0 % ni tashkil qilgan. Shundan, dehqonchilik mahsulotlari – 1 699,0 mlrd.so‘mni (qishloq xo‘jalik mahsulotlari umumiy hajmining 24,0 %), chorvachilik mahsulotlari – 5 373,7 mlrd.so‘m (76,0 %) ni tashkil qilgan.
Xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlillarga ko‘ra, qishloq xo‘jalik mahsulotlarining umumiy hajmida:
- Dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarining ulushi – 85,6 %,
- Fermer xo‘jaliklarining ulushi – 12,1 %,
- Qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning ulushi – 2,3 % ni tashkil qilgan.
Axborot xizmati