29/07/2021

Mamlakatimizda 2023- yilda o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rishda  targ‘ibot ishlarini samarali tashkil etish muhim ahamiyatga ega.  Shu kunlarda viloyatimizning barcha hududlarida faoliyat yuritib kelayotgan idora va tashkilotlarda statistika idoralari xodimlari tadbirga bag‘ishlangan qizg‘in targ‘ibot ishlarini olib bormoqdalar. Bugun, 29- iyul kuni Qo‘shko‘pir tumani hokimligi qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limida aholini ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

      O‘tkazilgan  seminarda tuman statistika bo‘limi etakchi mutaxassisi L.Pirjanova tomonidan aholini ro‘yxatga olishning maqsad va vazifalari hamda  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 - yil 11- noyabrdagi 710-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2023-  yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” gi Nizomning asosiy qoidalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.

 

                                                                                Axborot xizmati