28/07/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning   yanvar-iyun  oylarida    asosiy kapitalga investitsiyalarning eng yirik hajmi Urganch shahrida qayd etilib, 891,6 mlrd.so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, yuqori hajm Xonqa tumanida (447,5 mlrd.so‘m), Bog‘ot tumani (295,9 mlrd.so‘m) hamda Shovot tumanida (251,8 mlrd.so‘m) kuzatilgan. 2020- yilning mos davriga nisbatan yuqori o‘sish sur'atlari  Tuproqqal’a - 293,7% , Shovot- 193,2%, Hazorasp - 186,0% , Xiva - 167,6%  tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Aholi jon boshiga asosiy kapitalga ozlashtirilgan investitsiyalar hajmi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkich Urganch shahriga togri  kelib 6 140,3 ming so‘m, Yangibozor tumanida 2 691,2 ming so‘m  va Tuproqqal’a  tumanida 3 217,1 ming so‘m darajada qayd etilgan.

                                                                 Axborot xizmati