28/07/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatda ijtimoiy soha va iqtisodiy rivojlantirish uchun barcha mulkchilik shakllaridagi tashkilotlarning 2021-  yilning yanvar-iyun  oylarida  asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 3 712,7 mlrd.so‘mni tashkil qilib, 2020- yilning mos davriga nisbatan 141,0 % ga ko‘paygan.

  Shundan:

  • Markazlashgan investitsiyalar hajmi – 393,0 mlrd.so‘mni,
  • Markazlashmagan investitsiyalar hajmi – 3 319,7 mlrd.so‘mni tashkil qilgan.

 

 Ma’lumot uchun: markazlashmagan investitsiyalar (korxona, aholi mablag‘lari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar, tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari) jami investitsiyalar hajmining 89,4 % ni tashkil etgan.

 

                                                 Axborot xizmati