Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-iyun oylarida viloyatda 1 641,9 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan va o‘sish sur’ati 2020- yilning shu davriga nisbatan 105,1 % ni tashkil qilgan.
Mulkchilik shakli bo‘yicha tashkilotlarning jami qurilish ishlaridagi ulushi:
- Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar - 5,3 %,
- Nodavlat tashkilotlar - 94,7 %.
Ma’lumot uchun: 2021- yilning iyun oyida viloyatda umumiy hajmi 390,7 mlrd so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilgan.
Axborot xizmati