26/07/2021

Mamlakatimizda 2023- yilda o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rishda  targ‘ibot ishlarini samarali tashkil etish muhim ahamiyatga ega.  Joriy yilning 1-25- noyabr kunlari Xiva shahrida sinov tariqasida aholining ro‘yxatga olinishi va unga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari xususida doimiy ravishda  axborot berib kelinmoqda. Aytish joizki, shahar aholini ro‘yxatga olish bo‘limi mutaxassislari tomonidan targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazilishiga ham alohida  e’tibor qaratilgan. Bugun, 26-  iyul kuni  navbatdagi targ‘ibot tadbiri Xiva shahar madaniyat bo‘limida bo‘lib o‘tdi. Davra suhbati davomida  mutaxassislar mazkur bo‘lim xodimlariga tadbirning mohiyati  yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berishdi.

 

Xususan, o‘tkazilgan  mazkur uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 - yil 11- noyabrdagi 710-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2023-  yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” gi Nizomning asosiy qoidalari bo‘yicha batafsil axborot berib o‘tildi.

 

                                                                                Axborot xizmati