24/07/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasining dastlabki  ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-  yilning   yanvar-iyun oylarida viloyatda barcha transport turlari tomonidan 15,4 mln. tonna yuk tashilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 105,6 foizni tashkil etdi.  Hisobot davrida tashilgan yuk bo‘yicha yetakchi o‘rinni Urganch tumani (2,9 mln. tonna) egalladi.

Joriy yilning 2-choragi natijalari tahliliga ko‘ra, viloyat bo‘yicha avtomobil transportida 188,5 mln. kishi tashilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich  o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5,6  foizga oshgan.

Yo‘lovchi tashish bo‘yicha etakchi o‘rinni Urganch shahri (38,8 mln. kishi) egalladi. Shu bilan birga, eng yuqori ko‘rsatkich  Hazorasp (18, 4 mln.  kishi), Xonqa  (17, 3 mln. kishi) va Gurlan (16, 7 mln. kishi)  tumanlarida kuzatildi.

                                                              Axborot xizmati