Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatning tashqi savdo aylanmasi hajmi 294 498,2 ming AQSh dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 41,6 % ga oshdi. Shu jumladan, eksport hajmi 105 186,5 ming AQSh dollariga (21,9 % ga ko‘paygan) va import hajmi 189 311,7 ming AQSh dollariga (o‘zgarish su’rati55,5 %) teng bo‘lgan .
Tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 32,9 % ni va 2020- yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 80,9 % ni tashkil qilgan. Boshqa xorijiy davlatlarning ulushi esa 67,1 % ga teng bo‘lgan va o‘tgan yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 2,2 martaga oshgan.
Axborot xizmati