24/07/2021

  Mamlakatimizda 2023- yilda o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rishda  targ‘ibot ishlarini samarali tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Viloyat statistika boshqarmasining hududiy bo‘limlari mutaxassislari tomonidan izchil reja asosida tashkil qilib kelinmoqda.  Joriy yilning  24- iyul kunlari  ana shu kabi  bir qancha tadbirlar  bo‘lib o‘tdi. Xususan,  Gurlan tumanidagi “ Gulshan” mahalla fuqarolar yig‘inida, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyatida, Xonqa tumanidagi “Olchin” MFY hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limida, Urganch tumani “Vatanparvar” tashkilotida, Bog‘ot tuman hokimligi qishloq xo‘jaligi bo‘limi va “Umid” MFY da, Urganch shahar “Asaka bank” ATB  va “Istiqlol” MFY da, Yangibozor tumani “Do‘stlik”   MFY  hamda byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limida, Yangiariq tumani hokimligi qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi va tuman fermerlar kengashida,, Shovot tumani Davlat xizmatlari agentligida,  “Xorazm  imzo akfa”  MChJ ning Hazorasp tumani filialida aholini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati va o‘tkazilish maqsadini tushuntirishga bag‘ishlangan uchrashuvlar o‘tkazildi.

   O‘tkazilgan  mazkur uchrashuvlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 - yil 11- noyabrdagi 710-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2023-  yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” gi Nizomning asosiy qoidalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.

 

                                                                                Axborot xizmati