23/07/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning   1- iyul holatiga viloyatning doimiy aholisi soni 1 904,3 ming kishini tashkil qilgan va respublika  doimiy aholi  sonida viloyatning ulushi  5,5 %  ga teng  bo‘lgan. Shundan, erkaklar - 952,4 ming kishini, ayollar – 951,9 ming kishini tashkil etgan.

✅ Doimiy aholining:

  • 630,2 ming nafari – shahar joylarida,
  • 1 274,1 ming nafari - qishloq joylarida istiqomat qilgan.

✅ Ma’lumot uchun: hisobot davrida respublikaning doimiy aholi soni  34 860,2 ming kishini tashkil qilgan

                                                                   Axborot xizmati