23/07/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasining dastlabki  ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-  yilning   yanvar-iyun holatiga aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 198,0 mlrd. so‘mga teng bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 120,4 % ni va ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmidagi ulushi 5,1 % ni tashkil etdi. 

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmida eng katta - 96,4 %  ulush
telekommunikatsiya xizmatlari (simli va mobil aloqa xizmatlari, Internet, yo‘ldosh aloqa xizmatlari va b.q.) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

                                  Axborot xizmati