Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- iyul holatiga viloyat doimiy aholisi sonida eng katta ulush Urganch tumani (10,7 %), Hazorasp tumani (10,3 %), Xonqa tumani (9,9 %), Qo‘shko‘pir tumani (9,2 %) hamda Shovot tumani (9,1 %) hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Hududlar kesimida doimiy aholi soni ko‘rsatkichlari:
- Urganch tumani – 203,1 ming kishi,
- Hazorasp tumani – 196,3 ming kishi,
- Xonqa tumani – 189,4 ming kishi,
- Qo‘shko‘pir tumani – 174,4 ming kishi,
- Shovot tumani – 172,6 ming kishi,
- Bog‘ot tumani – 167,6 ming kishi,
- Gurlan tumani – 150,3 ming kishi,
- Xiva tumani – 148,0 ming kishi,
- Urganch shahri – 145,5 ming kishi,
- Yangiariq tumani – 117,8 ming kishi,
- Xiva shahri – 94,3 ming kishi,
- Yangibozor tumani – 88,5 ming kishi,
- Tuproqqal’a tumani – 56,5 ming kishi.
Axborot xizmati