23/07/2021

Mamlakatimizda 2023- yilda o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rishda  targ‘ibot ishlarini samarali tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Viloyat statistika boshqarmasining hududiy bo‘limlari mutaxassislari tomonidan izchil reja asosida tashkil qilib kelinmoqda.  Joriy yilning  23- iyul kunlari  ana shu kabi  bir qancha tadbirlar  bo‘lib o‘tdi. Xususan, Shovot tumanidagi “Bog‘bon”, Hazorasp tumanidagi  “Temirchi maskani”, Urganch tumanidagi “Yoshlik” mahalla fuqarolar yig‘inlarida, Xiva tumani Yoshlar ishlari agentligi, Xiva shahridagi “Qiyot”  MFY  hamda aholi bandligiga ko‘maklashish agentligida, Qo‘shko‘pir tumani hokimligi iqtisodiyot bo‘limida aholini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati va o‘tkazilish maqsadini tushuntirishga bag‘ishlangan uchrashuvlar o‘tkazildi.

O‘tkazilgan  mazkur uchrashuvlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 - yil 11- noyabrdagi 710-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2023-  yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” gi Nizomning asosiy qoidalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.

 

                                                                                Axborot xizmati