Xorazm viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- iyul holatiga viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan 190 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning asosiy qismi Urganch shahri (umumiy miqdordagi ulushi 34,7 %), Urganch tumani (12,6 %), Xiva shahri (8,9 %), Xiva tumani (6,3 %), Shovot (5,8 %) va Yangibozor (5,2 %) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
? Shuningdek, xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar umumiy sonida quyidagi sohalarning ulushi yuqori bo‘lgan:
- Sanoat – 36,3 %,
- Savdo – 21,6 %,
- Qurilish – 14,2 %,
- Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 11,1 %.
Axborot xizmati