Xorazm viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- iyul holatiga davlat ro‘yxatidan o‘tgan 11 534 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatining 10 837 tasi ( 94,0 %) faoliyat ko‘rsatgan. Joriy yilning 6 oyida viloyatda 1 427 ta mas’uliyati cheklangan jamiyati yangi tashkil etilgan.
? Mas’uliyati cheklangan jamiyatlarining hududlar kesimidagi soni:
- Urganch shahrida – 2 343 ta,
- Urganch tumanida – 1 135 ta,
- Xiva shahrida – 1 011 ta,
- Hazorasp tumanida – 894 ta,
- Xiva tumanida – 892 ta,
- Gurlan tumanida – 763 ta,
- Yangiariq tumanida – 724 ta,
- Qo‘shko‘pir tumanida – 663 ta,
- Xonqa tumanida – 641 ta,
- Bog‘ot tumanida – 618 ta,
- Shovot tumanida – 477 ta,
- Tuproqqal’a tumanida – 388 ta,
- Yangibozor tumanida – 288 ta.
Axborot xizmati