Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmi 3 897,6 mlrd.so‘mni tashkil qilgan. Iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra xizmatlarning ko‘rsatkichlari tahlil qilinganda, 2020- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan eng yuqori o‘sish sur’ati quyidagi xizmat sohalarida qayd etilgan:
- Me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar – 167,0 %,
- Ta’lim xizmatlari – 145,9 %,
- Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar – 132,7 %,
- Moliyaviy xizmatlar – 128,1 %.
? Jami ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmida eng katta ulushga ega xizmat turlari:
- Savdo xizmatlari – 25,6 %,
- Transport xizmatlari – 23,3 %,
- Moliyaviy xizmatlar – 20,7 %.
Axborot xizmati