17/07/2021

Mamlakatimizda 2023-  yilda o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rishda  targ‘ibot ishlarini samarali tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Ana shu maqsadda tuman (shahar) statistika bo‘limlari mutaxassislari tomonidan joylarda targ‘ibot tadbirlarini o‘z vaqtida va samarali tashkil etishga katta e’tibor qaratilmoqda.  Joriy yilning  16- iyul kuni    Tuproqqal’a tumanidagi “Yoshlik” va Urganch shahridagi “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yig‘inlari faollari hamda Viloyat ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasi xodimlari ishtirokida  shu kabi tadbirlar o‘tkazildi.

? Avvalo shuni ta’kidlash lozimki, keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ibot ishlari olib borilishi natijasida, fuqarolarimiz tadbirni amalga oshirish mehanizmi, jarayonda ularning bevosita ishtiroki bilan bog‘liq ko‘plab savollarga javoblar olishmoqda.

Bo‘lib o‘tgan mazkur uchrashuvlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-   yil 11- noyabrdagi 710-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2023-  yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” gi Nizomning asosiy qoidalari hamda aholini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati va o‘tkazilish maqsadi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi.

 

                                                                                Axborot xizmati