Viloyat statistika idoralari mutaxassislari tomonidan har oyning 10-20- sanalari oralig‘ida shahar va tumanlarda faoliyat ko‘rsatayotgan savdo shoxobchalarida iste’mol tovarlari va xizmatlarning narxlarini tanlanma kuzatuvlar asosida o‘rganish reja asosida olib borilmoqda. Joriy yilning 15- iyul kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Narx statistikasi bo‘limi boshlig‘i Sh.Bobojonov hamda Urganch shahri bo‘yicha narx registratori, shahar statistika bo‘limi bosh mutaxassisi Sh.Davletovlar kuzatuv dislokatsiyasiga tushgan Urganch shahrida joylashgan “MEDIA PARK BOZORI” maishiy texnika do‘konida iste’mol tovarlarining narx indekslari bo‘yicha kuzatuv o‘tkazishdi. Kuzatuv jarayonida savdo do‘konidagi mahsulotlarning narxlari o‘rganildi.
Ma’lumot o‘rnida: mahsulotlarning iste’mol narxlari indekslarini o‘rganish aholining iste’mol savatida tovarlar (xizmatlar) ning salmoq vaznlarini belgilash maqsadida amalga oshiriladi.
Axborot xizmati