16/07/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-  yilning   1- iyul holatiga  viloyatda eng ko‘p korxona va tashkilot savdo sohasida faoliyat ko‘rsatib, ularning soni 6 798 taga etgan. 2020-  yilning shu davri bilan solishtirilganda, ularning soni 23,0 % ga oshgan.

?  Savdo sohasidagi korxonalarning 99,7 % (6 776 tasi) kichik tadbirkorlik subyektlari hisoblanadi.

✅  Tashkiliy-huquqiy shakliga ko‘ra sohada 3 397 ta mas’uliyati cheklangan jamiyati, 1 234 ta oilaviy korxona faoliyat ko‘rsatgan.

✅  Hisobot davrida viloyatda savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni o‘tgan yilning 1 iyul holatiga nisbatan  11 taga yoki 36,7 % ga oshgan.

 

                                                                       Axborot xizmati