15/07/2021

  Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-  yilning   1- iyul holatiga tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha viloyatda ro‘yxatdan o‘tgan oilaviy korxonalar soni 4 264 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 810 taga yoki 23,5 % ga oshganligini ko‘rish mumkin. Shundan faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalar soni 3 998 tani tashkil qilgan.

  Joriy yilning yanvar-iyun oylarida viloyatda yangi tashkil etilgan oilaviy korxonalar soni 554 tani tashkil qilgan, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 330 taga yoki 62,7 % ga kamaygan.

Ma’lumot o‘rnida:  Hisobot davrida respublika bo‘yicha 49 399 ta oilaviy korxona faoliyat ko‘rsatgan (o‘sish sur’ati 137,8 %) va  ularning umumiy sonida Xorazm viloyatining ulushi 8,8 % ga teng  bo‘lgan.

 

                                                                          Axborot xizmati