14/07/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-  yilning   yanvar-iyun oylarida viloyatda 2 405 ta yangi korxona va tashkilot tashkil etilgan bo‘lib, 2020- yilning mos davriga nisbatan ular sonida  kamayish kuzatilgan va o‘sish sur’ati 83,3 %  ni tashkil qilgan.

  Yangi tashkil etilgan  korxona va tashkilotlarning hududlar kesimidagi soni:

  • Urganch shahrida – 475 ta,
  • Urganch tumanida – 280 ta,
  • Hazorasp tumanida – 242 ta,
  • Xiva shahrida – 204 ta,
  • Bog‘ot tumanida – 191 ta,
  • Xonqa tumanida – 174 ta,
  • Qo‘shko‘pir tumanida – 140 ta,
  • Xiva tumanida – 136 ta,
  • Shovot tumanida – 134 ta,
  • Gurlan tumanida – 133 ta,
  • Yangibozor tumanida – 114 ta,
  • Yangiariq tumanida – 96 ta,
  • Tuproqqal’a tumanida – 86 ta.

                                          Axborot xizmati