14/07/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning  1- iyul holatiga viloyatda 23 751 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritgan bo‘lib, 2020-  yilning shu davriga nisbatan ular sonining o‘sish sur’ati 117,5 % ni tashkil qilgan.

 Iqtisodiy faoliyat  turiga ko‘ra  hisobot davrida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni:

  • Savdoda – 6 798 ta,
  • Sanoatda – 4 024 ta,
  • Qishloq,o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 2 638 ta,
  • Qurilishda – 2 025 ta,
  • Yashash va ovqatlanish xizmatlari bo‘yicha – 1 480 ta,
  • Tashish va saqlash sohasida – 777 ta,
  • Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida – 533 ta,
  • Axborot va aloqa sohasida – 316 ta,
  • Boshqa turdagi korxona va tashkilotlar – 5 160 ta.

 

                                          Axborot xizmati