14/07/2021

 Mamlakatimizda 2023-  yilda o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rishda  targ‘ibot ishlarini samarali tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Ana shu maqsadda tuman (shahar) statistika bo‘limlari mutaxassislari tomonidan joylarda targ‘ibot tadbirlarini o‘z vaqtida va samarali tashkil etishga katta e’tibor qaratilmoqda.  Joriy yilning  13- iyul kuni  viloyatimizning bir qator idora va tashkilotlarida  mavzuga doir uchrashuvlar tashkil etildi. Xususan, byudjetdan tashqari pensiy a jamg‘armasi Xonqa tumani bo‘limida, maktabgacha ta’lim tashkilotlari  Xiva tumani  bo‘limida, Urganch tumani  “ Oltin ko‘l” MFY, bir guruh fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida  hamda “Yaqub-Razzoq universal savdo kompleksi” MChJ da shu kabi tadbirlar o‘tkazildi.

       Bo‘lib o‘tgan mazkur uchrashuvlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-   yil 11- noyabrdagi 710-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2023-  yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” gi Nizomning asosiy qoidalari hamda aholini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati va o‘tkazilish maqsadi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi.

 

                                                                                Axborot xizmati