13/07/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-  yilning  1-  iyul holatiga viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 20 704 tani tashkil qilgan. Tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha tijorat korxonalari tarkibida eng katta  - 52,3 % ulush mas’uliyati cheklangan jamiyatlari hissasiga to‘g‘ri kelib, hisobot davrida ularning soni 10 837 tani  tashkil etgan.

?  Faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat  korxonalari soni:

  • Mas’uliyati cheklangan jamiyat – 10 837 ta,
  • Oilaviy korxona – 3 998 ta,
  • Xususiy korxona – 5 571 ta,
  • Unitar korxona – 105 ta,
  • Aksiyadorlik jamiyati – 30 ta,
  • Boshqa korxonalar – 163 ta.

 

                                          Axborot xizmati