Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- iyul holatiga viloyatda 25 287 ta korxona va tashkilot ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, shundan 23 751 tasi yoki 93,9 % faoliyat ko‘rsatgan. 2020- yilning 1- iyul oyi davriga nisbatan viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 3 542 taga oshgan (o‘sish sur’ati 117,5 % ) .
✅ 2021- yilning yanvar-iyun oylarida yangi tashkil qilingan korxona va tashkilotlar soni 2 405 taga etgan .
✅ Iyun oyida 388 ta yangi korxona va tashkilot tashkil qilingan .
Axborot xizmati