Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-may oylarida viloyatda iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra ishlab chiqaradigan sanoatda umumiy hajmi 4 214,6 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. 2020- yilning yanvar-may oylariga nisbatan ishlab chiqarish 686,8 mlrd. so‘mga ko‘paygan yoki o‘sish sur’ati 119,5 % ni tashkil qilgan.
? 2020 - yilning mos davriga nisbatan ishlab chiqaradigan sanoatning yuqori o‘sish sur’atiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan mahsulotlar tarkibi va ishlab chiqarish hajmlari:
- Avtotransport vositalari, treylerlar va yarim pritseplar ishlab chiqarish – 1 924,3 mlrd.so‘m (o‘sish sur’ati 116,4 %),
- To‘qimachilik mahsulotlari – 1 136,9 mlrd.so‘m (136,8 %),
- Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish – 641,8 mlrd.so‘m (117,7 %),
- Ichimliklar, tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish – 137,9 mlrd.so‘m (142,2 %),
- Qog‘oz va qog‘oz mahsulotlari – 31,4 mlrd.so‘m (121,2 %),
- Kiyim ishlab chiqarish – 22,9 mlrd.so‘m (142,2 %).
Axborot xizmati