13/07/2021

2021-  yilning 12- iyul kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021- yil 10- fevraldagi 61-son qarori hamda Bosh Vazirning 2021- yil 1- iyuldagi 30/1-2308-sonli xatidagi topshiriqlarning ijrosini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda  boshqarma rahbariyati va barcha tarmoq bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi. Boshqarma boshlig‘i v.v.b. U.Bardiev tomonidan yuqoridagi qaror va topshiriqning mohiyati  va ulardan kelib chiqadigan vazifalar, xususan, viloyat statistika  boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlarida joriy yilning 1- avgustiga qadar  peshlavhalar, ommaviy targ‘ibot vositalari, barcha ish  yuritish qog‘ozlari - rasmiy ish yuritish hujjatlari, xatlar, buyruqlar, byulletenlar va turli blanklarning lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.  

Davlat tilida ish yuritilishi uchun mas’ul xodim N.Samandarovaga  barcha hujjatlarning imlo va ish yuritish qoidalariga mosligini tekshirish, shuningdek, boshqarmaning ma’muriy binosida mavjud peshlavha va targ‘ibot vositalarini davlat tili qoidalariga mosligi hamda lotin yozuviga asoslanganligini  tahliliy o‘rganish va natijasi yuzasidan rahbariyatga axborot berish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.  

 

                                                          Axborot xizmati