12/07/2021

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Xurshid Fozilov bu haqda shunday dedi:

«Eng murakkab jarrohlik amaliyotlari bugungi kunda mamlakatimiz klinikalarida ham sifatli bajarilmoqda. Jumladan, koronaroangiografiya – yurak tojsimon arteriyalarining toraygan qismlarini aniqlash, ularga stent (naycha) o‘rnatish, yurakning murakkab aritmiyalarini elektrofiziologik usulda diagnostika qilish va davolash – radiochastotali ablyasiya (RCHA) va yurak blokadalarida elektrokardiostimulyator o‘rnatish, yurak ishemik kasalligining og‘ir turlarida aorta koronar shuntlash, yurak poroklarini jarrohlik usuli bilan tiklash, yurak klapanlarini protezlash kabi ochiq usuldagi amaliyotlar va 3D toraskopik uskunasi yordamida murakkab kichik invaziv operatsiyalar amalga oshirilmoqda.

Bunday murakkab operatsiyalar viloyatlarda ham bajarilyapti. Masalan, Xorazm viloyatida koronarografiya va stentlash amaliyotlari o‘tkazilmoqda».