12/07/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning  1-  iyun holatiga  viloyatda iqtisodiy sohalar bo‘yicha  faoliyat ko‘rsatayotgan eng ko‘p xo‘jalik yurituvchi subyektlar ( korxona va tashkilotlar,  fermer va dehqon xo‘jaliklari bilan birgalikda)  qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi hissasiga  tegishli bo‘lib, ularning jami soni 7 943 tani  tashkil qilgan. Shundan,  5 338 tasi fermer va dehqon xo‘jaliklari, 2 605 tasi  sohada faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar hisoblanadi.

?  Hududlar  kesimida   sohada eng  ko‘p xo‘jalik yurituvchi subyektlar  Urganch tumani (1 080 ta), Gurlan tumani (905 ta),  Xonqa tumani (783 ta),  Yangiariq tumani (759 ta) hamda Qo‘shko‘pir tumanida (761 ta)   faoliyat yuritgani kuzatilgan.

                                          Axborot xizmati