12/07/2021

Mamlakatimizda 2023- yilda o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rishda  targ‘ibot ishlarini samarali tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Ana shu maqsadda tuman (shahar) statistika bo‘limlari mutaxassislari tomonidan joylarda targ‘ibot tadbirlarini o‘z vaqtida va samarali tashkil etishga katta e’tibor qaratilmoqda.  Joriy yilning  9- iyul kuni  viloyatimizning chekka hududlaridan biri bo‘lgan Tuproqqal’a tumanining bir qancha idora va tashkilotlarida, xususan, aholi bandligiga ko‘maklashish va pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limlarida hamda tuman DSI da ana shunday uchrashuvlar tashkil etildi.

Tuman statistika bo‘limi etakchi mutaxassisi N.Saparboeva mazkur uchrashuvlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-  yil 11- noyabrdagi 710-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2023-  yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” gi Nizomning asosiy qoidalari hamda aholini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati va o‘tkazilish maqsadi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi.

 

                                                                                Axborot xizmati