Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-may oylarida viloyatda amalga oshirilgan jami qurilish ishlari tarkibida kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi 64,5 % ga teng bo‘lib, umumiy hajmi 807,6 mlrd. so‘mni tashkil qilgan.
Hisobot davrida viloyatda 940,6 mlrd.so‘mlik yangi qurilish ishlari bajarilgan , shundan 544,5 mlrd.so‘m yoki jami hajmning 57,9 % sohada faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Ma’lumot uchun : 2021- yilning 1- iyun holatiga viloyatda qurilish sohasida 2 009 ta kichik korxona va mikrofirma faoliyat ko‘rsatgan.
Axborot xizmati