Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-may oylarida viloyatga xorijdan qiymati 42,2 mln. AQSh dollari bo‘lgan mashina va transport asbob-uskunalari import qilingan bo‘lib, , jami import hajmidagi ulushi 27,7 % ni , 2020- yilning shu davriga nisbatan hajmning o‘sish sur’ati 150,4 % ni tashkil qilgan. Mahsulot importi hajmining 2,4 mln. AQSh dollari MDH davlatlari (o‘sish sur’ati 90,7 %), 39,8 mln. dollari boshqa xorijiy davlatlar (156,5 %) hissasiga to‘g‘ri kelgan.
2019-2021- yillarning shu davrida mashina va transport asbob-uskunalari importining jami import hajmidagi ulushi dinamikasi:
- 2019- yil – 52,4 %,
- 2020- yil – 30,2 %,
- 2021- yil – 27,7 %.
Axborot xizmati