Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-may oylarida viloyatda umumiy hajmi 2 634,8 mlrd.so‘mlik iste’mol tovarlari ishlab chiqarilib, shuning 25,5 % ni oziq-ovqat mahsulotlari, 74,5% ni nooziq-ovqat mahsulotlari tashkil qilgan. Viloyat bo‘yicha aholi jon boshiga iste’mol tovarlari ishlab chiqarish o‘rtacha 1 389,6 ming so‘mga teng bo‘lgan.
Hududlar bo‘yicha ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlarining aholi jon boshiga o‘rtacha qiymati:
- Tuproqqal’a tumani – 28 897,0 ming so‘m,
- Urganch shahri – 2 782,0 ming ,
- Xonqa tumani – 766,6 ming,
- Xiva shahri – 467,0 ming,
- Urganch tumani – 449,6 ming,
- Bog‘ot tumani – 447,3 ming,
- Yangibozor tumani – 405,0 ming,
- Gurlan tumani – 351,9 ming,
- Shovot tumani – 292,3 ming,
- Yangiariq tumani – 275,9 ming,
- Xiva tumani – 207,1 ming,
- Qo‘shko‘pir tumani – 193,0 ming,
- Hazorasp tumani – 167,4 ming.
Axborot xizmati