09/07/2021

Mamlakatimizda 2023- yilda o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rishda  targ‘ibot ishlarini samarali tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Viloyat statistika boshqarmasining hududiy bo‘limlari mutaxassislari tomonidan izchil reja asosida tashkil qilib kelinmoqda.  Joriy yilning 8-9-  iyul kunlari   Xiva tumanining “Varangzon” mahalla fuqarolar yig‘inida, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limlarida, Bog‘ot tumanidagi “Oqtepa” MFY  va  AT “Xalq banki” tuman bo‘limida, Yangiariq tumani MTT hisobchilari ishtirokida, Yangibozor tumani “Mang‘itlar” MFY hamda hokimlik iqtisodiyot bo‘limida, Gurlan tumani “Fidokor” mahalla fuqarolar yig‘inida shu kabi tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

   O‘tkazilgan  mazkur uchrashuvlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 -  yil 11- noyabrdagi 710-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2023-  yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” gi Nizomning asosiy qoidalari hamda aholini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati va o‘tkazilish maqsadi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.

 

                                                                                Axborot xizmati