Prezident Shavkat Mirziyoev 7- iyul kuni o‘tkazilgan uzumchilik va ipakchilikni rivojlantirishga bag‘ishlangan videoselektorda bir qator chora-tadbirlarni sanab o‘tdi.
Yangi tokzorlar uchun bir dona artezian quduq yoki nasos stansiyasi qurishga har 10 gektarga 120 mln so‘mgacha subsidiya beriladi.
15,7 ming gektar tokzorda tomchilatib sug‘orishni joriy etish va 1 mingta artezian quduq qazish uchun byudjetdan 100 mlrd so‘m subsidiya ajratiladi.
Respublika bo‘yicha qo‘shimcha 3,5-4 ming gektar yangi tokzor tashkil etiladi, jumladan Xorazmda –163 gektar.
Har bir xonadonda kamida 15-20 tup uzum «tepasida tok - pastida sabzavot» usulida ekiladi.