Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- iyun holatiga viloyatda 3 958 ta sanoat korxonasi faoliyat ko‘rsatgan, shundan 820 tasi (faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari umumiy sonining 20,7 %) Urganch shahri, 466 tasi (11,8 %) Urganch tumani, 360 tasi (9,1 %) Xiva shahri, 343 tasi (8,7 %) Xonqa tumani hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Joriy yilning yanvar-may oylarida eng ko‘p yangi sanoat korxonalari tashkil etilgan hududlar:
- Urganch shahri – 97 ta,
- Xonqa tumani – 52 ta,
- Urganch tumani – 52 ta,
- Hazorasp tumani – 49 ta,
- Xiva tumani – 39 ta.
Axborot xizmati
|