Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-may oylarida viloyatda ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmi 3 239,5 mlrd.so‘mni tashkil qilib, nominal hajmi 872,9 mlrd. so‘mga oshgan va 2020- yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 124,8 % ga teng bo‘lgan.
Jami ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra eng yuqori ulushga quyidagi xizmat turlari ega bo‘lgan:
- savdo xizmatlari – 26,1 %,
- transport xizmatlari – 22,8 %,
- moliyaviy xizmatlar – 20,1 %,
- aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 5,1 %.
Axborot xizmati