08/07/2021

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710-sonli qaroriga muvofiq joriy yilning 1-25- noyabr kunlari respublikamizning 4 hududida,shu jumladan, Xiva shahrida sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish o‘tkazilishi belgilangan. Mazkur tadbirga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida  shu yilning may oyida registratorlar tomonidan shahardagi mahallalarda joylashgan  uy-joylarning ro‘yxatini tuzish ishlari amalga oshirilgani yuzasidan axborot berilgan edi. Kecha, 7- iyul kuni Xiva shahrida registratorlarning ish faoliyatini yakuni bo‘yicha qabul qilingan  hisobotlarni  tahlil qilish va shu asosda mahalla fuqarolar yig‘inlarining sxematik xaritalariga shu kunga qadar kiritilgan o‘zgarishlarning  muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish tashkil etildi.

Yig‘ilishda  Davlat statistika qo‘mitasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi  etakchi mutaxassisi S.Guseynov    viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari A.Rahimov, boshqarmaning Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi mutaxassislari, shahar kadastr idorasi mas’ullari hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirok etishdi. 

                                                                                                       Axborot xizmati