08/07/2021

 Mamlakatimizda 2023- yilda o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rishda  targ‘ibot ishlarini samarali tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Viloyat statistika boshqarmasining hududiy bo‘limlari mutaxassislari tomonidan izchil reja asosida tashkil qilib kelinmoqda.  Joriy yilning 7-8 iyul kunlari  ana shu kabi tadbirlardan bir qanchasi  bo‘lib o‘tdi. Xususan, Shovot tumani kadastr agentligi bo‘limi va “Arbek” mahalla fuqarolar yig‘inida, Xonqa tumani xalq ta’limi bo‘limi hamda “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘inida, Urganch shahar hokimligi iqtisodiyot bo‘limi mutaxassislari ishtirokida, Hazorasp tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi va “Karvak” mahalla fuqarolar yig‘inida   aholini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati va o‘tkazilish maqsadini tushuntirishga bag‘ishlangan uchrashuvlar o‘tkazildi.

O‘tkazilgan  mazkur uchrashuvlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 - yil 11- noyabrdagi 710-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2023-  yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” gi Nizomning asosiy qoidalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.

 

                                                                                Axborot xizmati