Gurlan tumanidagi Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutida «Xorazm viloyati tuproq–iqlim sharoitlarida sholining yuqori hosilli xorijiy navlarini sinash va mahalliy sharoitlarda urug‘larini ko‘paytirish» loyihasi amalga oshirilmoqda.
Tajriba maydonlarida sholining xorijdan keltirilgan 42 ta navi (Xitoydan 15 ta, Vetnamdan 15 ta, Rossiyadan 7 ta, Turkiyadan 2 ta, Koreyadan 3 ta) ekilgan. Urug‘chilik tizimi, oila ko‘chatzorlari tashkil qilingan, sholining ertapishar navlarini yaratish bo‘yicha izlanishlar olib borilmoqda.