Qarorga ko‘ra:
➖ 2021/2022- o‘quv yilidan boshlab kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun Prezident granti joriy etiladi.
➖ Davlat OTMlariga bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakliga kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan abiturientlarning 200 nafari Prezident grantiga da’vogar bo‘ladi. Ular davlat granti asosida talabalikka qabul qilinadi.
➖ Prezident grantiga da’vogarlarni aniqlashda abiturientlarning test natijasiga qo‘shib beriladigan imtiyozli ballar hisobga olinmaydi.
➖ Prezident granti sovrindorlari 1-kursda barcha fanlarni “a’lo” baholarga o‘qigan, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida yutuqlarga erishgan mazkur stipendiyaga da’vogar talabalar orasidan tanlov asosida aniqlanadi.
➖ Tanlov natijalariga ko‘ra g‘olib bo‘lgan 200 nafar talabalarga prezident davlat stipendiyasi (1 992 310 so‘m) to‘lanadi.
➖ Prezident granti uchun stipendiya 2-kursdan boshlab oyma-oy to‘lanadi hamda o‘quv semestri yakuniga ko‘ra qayta ko‘rib boriladi – stipendiya o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari “a’lo” bo‘lganda to‘lanadi.
➖ Prezident grantini uzluksiz olgan talabalar bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos va turdosh mutaxassislik bo‘yicha magistraturaga kirish imtihonlarisiz qo‘shimcha davlat granti asosida qabul qilinadi.