Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- iyun holatiga viloyatda 2 021 ta qurilish tashkiloti faoliyat yuritgan va 2020- yilning shu davriga nisbatan ular sonining o‘sish sur’ati 108,9 % ni tashkil qilgan.
Qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi:
kichik korxona va mikrofirmalar soni – 2 009 ta,
xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni – 27 ta,
joriy yilning yanvar-may oylarida yangi tashkil qilingan korxonalar soni – 124 ta.
Ma’lumot uchun: 2021- yilning 1- iyun holatiga respublika bo‘yicha qurilish tashkilotlarining umumiy soni 43 295 tani tashkil qilgan.
Axborot xizmati
|